(GMT+5) | 04.02.2023

Olmaliq shahrida amalga oshirilgan investitsiya loyihalari

Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha barcha dasturlarga asosan joriy yilda (dastlabki ma'lumot) umumiy qiymati
393,4 mlrd.so'mlik 47 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 1 559 ta ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Shundan:
Sanoat yo'nalishida umumiy qiymati 329,1 mlrd.so'mlik (1 186 ta ish o'rni) 14 ta loyiha va xizmat ko'rsatish yo'nalishida umumiy qiymati 64,2 mlrd.so'mlik (373 ta ish o'rni) 33 ta loyihalar amalga oshiriladi.
Misol uchun:
“Chambil” MFYda “Bolezo Tekstil” MChJ tomonidan umumiy qiymati 5,4 mlrd.so'mlik “Tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilishi natijasida 400 nafar yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.
“Chambil” MFYda “Smooth Licorice” MChJ XK tomonidan umumiy qiymati 38,3 mlrd.so'mlik “Qizilmiyani qayta ishlash” loyihasi amalga oshirilishi natijasida 70 nafar yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.
“Oydin” MFYda “Maftuna Xazrati Ali” MChJ tomonidan umumiy qiymati 10,0 mlrd.so'mlik “Mehmonxona faoliyatini tashkil etish” loyihasi amalga oshirilishi natijasida 30 nafar yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.
“Ibn Sino” MFYda “Buxoro Maktabi” MChJ tomonidan umumiy qiymati 1,5 mlrd.so'mlik “O'quv markazi (Buxoro maktabi) faoliyatini kengaytirish” loyihasi amalga oshirilishi natijasida 10 nafar yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.
Joriy yilning bugungi kuniga qadar umumiy qiymati
4,8 mlrd.so'mlik 7 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 35 nafar yangi ish o'rinlari yaratilgan.