Toshkent viloyati hokimligi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda sanoat yarmarkasi bo'lib o'tdi.
Mazkur yirik sanoat anjumanining ochilish marosimida so'z olganlar yarmarkadan kshzlangan maqsad Olmaliq kon-metallurgiya kombinati uchun zarur bo'lgan import o'rnini bosuvchi xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi va tayyor mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o'zlashtirish va etkazib berishda kooperatsiya aloqalarini tashkil etishdan iborat ekanini alohida qayd etishdi.
Shundan so'ng pavilonlarda tashkil etilgan ko'rgazmalar bilan tanishildi.
Aytish joizki, ushbu yarmarkada Toshkent viloyatidan 220 dan ziyod korxonalar ishtirok etdi. Shundan, 44 ta korxona o'zining 600 turdan ortiq mahsuloti bilan qatnashdi.
Tahlillarga ko'ra, 2022 yil viloyatda mahalliylashtirish dasturi doirasida 3-chorak yakuni bilan 1 trln. 220 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu belgilangan rejaga nisbatan 2 barobarga ko'p demakdir.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, yarmarkada 30 dan ortiq korxonalar bilan 600 milliard so'mlik kelishuvlar imzolandi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev ishtirok etdi.