XALQ DEPUTATLARI OLMALIQ SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI 58-SESSIYASI TOG‘RISIDA
AXBOROT
2022-yilning 23-sentyabr kuni Olmaliq shahar hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibida ja’mi 8 ta masala ko‘rib chiqildi, bular:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-sonli qaror ijrosi to‘g‘risida.
2. Hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida.
3. Jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra 2022-yil 2-mavsum “G‘olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qarorining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida.
5. Shahardagi 51 ta mahalla fuqarolari yig‘inlari kesimida shakllantirilgan reestr asosida baholash natijalari bo‘yicha 2023-yil “Obod mahalla” dasturiga taklif kiritish to‘g‘risida.
6. Olmaliq shahar hokimining 2022-yil 22-sentabrdagi 316-10-147-Q/22-sonli “Zoyir Akbaraliyevich Kenjayevni Olmaliq shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
7. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga 7-saylov okrugidan saylangan deputat Xaydarov Elyor Ikrom o‘g‘lining arizasi to‘g‘risida.
8. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashidagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylov e’lon qilish to‘g‘risida.
Kun tartibibidagi 1-masala, ya’ni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-sonli qaror ijrosi to‘g‘risida” masala yuzasidan Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Begiyev Shermuhammad Avezbayevichning xisoboti Kengashning Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan sessiyaga qadar dastlabki tarzda muhokama qilinganligi, doimiy komissiya tomonidan kiritilgan qaror loyihasiga deputatlar tomonidan e’tirozlar yo‘qligi inobatga olinib, mazkur xisobot qayta eshitilmasdan tog‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot uchun qabul qilindi.
Huddi shunday kun tartbidagi 2-masala, ya’ni, “Hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida”gi masala yuzasidan ham deputatlar taklifiga qaror loyihasi tasdiqlandi. Masala yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Begiyevning hisoboti hamda shahar Axoli bandlikka ko’maklashish markazi rahbari S. Saidxonovlarning hisobotlari ma’lumot uchun qabul qilindi.
Kun tartibidagi 3-masala, “Jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra 2022-yil 2-mavsum “G‘olib” takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida” gi masala bo‘yicha shahar Moliya bo’limi boshlig‘i D.Umarovning hisoboti eshitildi. Hisobotga ko‘ra, Olmaliq shahar bo‘yicha 2022-yilning 2-mavsumida jamoatchilik fikri asosida shakillangan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha ja’mi 15 ta taklif g’olib bo‘lgan. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari ovoz olishda g‘olib bo‘lgan barcha takliflarni moliyalashtirishga ruxsat berish yuzasidan qaror qabul qildilar.
Sessiyaning kun tartibidagi 1-masala “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-341-son qarorining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” bo‘lib, mazkur masala atroflicha muhokama qilindi. Masala bo‘yicha “toshkent suv ta’minoti” MCHJ Olmaliq filiali direktori S.Sirojiddinovning hisoboti tinglandi.
Masala mazmun-mohiyati shundan iboratki, yuqorida qayt etilgan Qaror “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tog‘risida” bo’lib, ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq shahar hokimining 2021-yil 11-oktyabrdagi 91-10-147-Q/21-sonli Qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Prezident qarori asosida Olmaliq shahar hududida rekonstruksiya qilinadigan oqova suv tarmoqlarnining yig‘ma parametrlari tasdiqlangan. Mazkur Qaror bilan Olmaliq shahrining turli mahallalaridagi jami 40 dan ortiq ko‘chalarda ja’mi 24.86 km. oqova suv quvurlari va inshootlari rekonstruksiya qilinishi belgilangan. Shuningdek, xisobotga ko‘ra, “Osiyo taraqqiyot banki” mablag‘lari hisobidan Olmaliq shahrining oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilishbo‘yicha 28,2 mln.AQSh dollari miqdorida moliyalashtirilgan. Loyiha doirasida Olmaliq shahar bo‘limiga qarashli “Aeratsiya” oqova suvni tozalash inshootini rekonstruksiya qilish, hamda shahar ichida D-200-400 mm. Bo‘lgan 24,86 km. oqova suv tizimini qurish, (shundan, 9,9 km. oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va tozalash belgilangan). Olmaliq shahar filialiga qarashli “Aeratsiya” oqova suvni tozalash inshooti 1983 yilda ishga tushirilgan. Umumiy yer maydoni 42 ga.ni tashkil qiladi. Loyihaviy quvvati 110 ming m3/sutkasiga. Amaldagi quvvati 60 m3/sutkasiga. Oqova suvni tozalash inshootidagi texnologik jihozlar ma’nan, jismonan eskirib, o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan. Oqova suvlar mexanik va biologik usulda tozalanadi. Ish samaradorligi – 43%ni tashkil qiladi. Olmaliq shahar aholisining oqova suv tarmoqlari bilan 59 foizdan 2025 yilga qadar 90 foizga yetkaziladi.
Ma’ruzachining xisobotiga ko‘ra, Mazkur loyihalarni bajarish bo‘yicha amaliy ishlar 2022-yil ohiriga qadar boshlanishi kutilmoqda. Kengashda mazkur loyihalarning bajarilishi yuzasidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha “Jamoatchilik nazorati” guruhlarini tashkil etish va nazorat natijalari yuzasidan har oyda deputatlar tomonidan mas’ullarning hisobotlarini muhokama qilib borishga qaratilgan sessiya Qarori qabul qilindi. Shuningdek, muhokamalar jarayonida deputatlar (Q.Rahimov) tomonidan ma’ruzachiga shaharda suv quvurlarini ta’mirlash jarayonlaridan keyin qazilgan yer ustki qatlamlarini qayta tekislamasdan, bordiyu asfalt qismiga zarar yetkazilgan bo’lsa uni qayta ta’mirlamasdan qoldirib ketilishi holatlari uchrayotganligi bo‘yicha bir qator e’tirozlar bildirildi. Filial rahbari bu kabi holatlarning barchasini yil yakuniga qadar tugatib, Kengashga hisobot berishni o‘z zimmasiga oldi. Mazkur holatlar yuzasidan deputatlar tomonidan shahar suv ta’minoti korxonasiga tegishlicha deputatlik so‘rovi yozma ravishda ham yuborilishiga kelishildi.
Sessiya kun tartibidagi “Shahardagi 51 ta mahalla fuqarolari yig‘inlari kesimida shakllantirilgan reestr asosida baholash natijalari bo‘yicha 2023-yil “Obod mahalla” dasturiga taklif kiritish to‘g‘risida”gi 5-masala yuzasidan shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i X.Komolovning xisoboti tinglandi. Hisobotga ko’ra, shahar ishchi guruhi tomonidan 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlari belgilangan ko‘rsatkichlar asosida monitoring qilingan. Ushbu monitoring natijalariga ko’ra, shahardagi barcha mahallalar hududlari baholab chiqilgan. Deputatlar tomonidan ishchi guruh olib borgan baholash natijalari inobatga olinib, 2023-yil uchun Olmaliq shahrining “O‘zbekiston” hamda “Chambil” MFY lari “Obod mahalla” Davlat dasturiga kiritilishi bo‘yicha taklif sifatida tasdiqlandi.
Sessiya kun tartibidagi 6-masala, Olmaliq shahar hokimining 2022-yil 22-sentabrdagi 316-10-147-Q/22-sonli “Zoyir Akbaraliyevich Kenjayevni Olmaliq shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi Qarorini tasdiqlash to‘g‘risida” bo‘lib, ushbu masala deputatlar Kengashining shahar hokimligi
ijro apparati xodimlarini lavozimiga tasdiqlash bilan bog‘liq chiqarilgan sessiyalar oralig‘idagi ayrim qarorlarini tasdiqlash vakolati namunasidir. deputatlar nomzodning mazkur sohadagi ish tajribasini inobatga olib Qarorni tasdiqladilar.
Shuningdek, deputatlar tomonidan “Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga 7-saylov okrugidan saylangan deputat Xaydarov Elyor Ikrom o‘g‘lining arizasi to‘g‘risida”gi masala yopiq tarzda muhokama etildi. Deputatning o‘z arizasiga binoan Xalq deputatlari shahar Kengashidagi deputatlik maqomi va dahilsizligi muddatidan oldin tugatildi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasining ohirigi 7-masalasi yuzasidan qabul qilingan qarorga ko‘ra Xalq deputatlari shahar Kengashining bo‘shab qolgan 3,7-saylov okruglarida 1 oy muddatda saylov o‘tkazish belgilandi.
Qizg‘in muhokamalar ruhida o‘tgan sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar, mahalliy nashrlar va shahar “OKMK TV” televideniyasi muhbirlari tomonidan yoritib borildi. Xalq deputatlari shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib borildi.
Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati